Muqobil energiya – davr talabi
FOTOREPORTAJ
«O‘zbekiston-2030» strategiyasini «Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot» yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturida qayta tiklanuvchi energiya ulushini oshirish, bunda quyosh va shamol elektr stansiyasini barpo etish va ishga tushirish vazifalari belgilangan.
Bugungi kunda mamlakatimizda energiya tejamkorlikni oshirish bilan birga ekologik toza “yashil energetika”ni rivojlantirish bo‘yicha dadil qadamlar tashlangan. Bu imkoniyatlarni aholi va tadbirkorlarga yetkazish maqsadida Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan qator targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.
Jumladan, bojxona xodimlari Sirdaryo tumanida joylashgan “Peng-Sheng” majmuasidagi O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonalar ta’sischilari bilan uchrashuv o‘tkazib, quyosh panellarining afzalliklari haqida taqdimot qilingan edi. Ushbu tadbir natijasi o‘laroq majmua hududiga jami 3000 kVt quyosh panellari o‘rnatish rejalashtirildi.
[gallery-22219]
Dastlab birinchi bosqichda xorijdan olib kelingan qiymati 250 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan 800 kVtlik quyosh panellari qisqa muddatda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilib, majmua hududdagi bino tomlariga o‘rnatildi.
Shahriyor ORTIQBOEV (surat), O‘zA