Muqbil toshotar”lar AQSh maktablarining birida
“Daily mail” nashrining yozishicha, AQShning Pensilvaniya shtatidagi “Blue Mountain” okrugi maktabi o‘qituvchilariga toshlar bilan to‘ldirilgan chelaklar tarqatilgan.
“Daily mail” nashrining yozishicha, AQShning Pensilvaniya shtatidagi “Blue Mountain” okrugi maktabi o‘qituvchilariga toshlar bilan to‘ldirilgan chelaklar tarqatilgan.Bundan ko‘zlangan maqsad qurolli hujum ehtimolida maktab jamoasi o‘zini shu toshlar bilan himoya qilishi lozim.
Endilikda maktabning har bir sinfidagi maxsus javonda daryoning silliq toshlari bilan to‘ldirilgan chelaklar turadi. O‘qituvchilar va o‘quvchilar maktab hududida qasddan otishma sodir etayotgan shaxsni toshbo‘ron qilishlari mumkin.
Maktabda xavfsizlikni ta’minlash borasida joriy qilingan yangi usul haqida okrug rahbari Devid Xelsel shunday degan:
“Maktab jamoasini o‘qqa tutishdek yovuz niyatni ko‘zlagan kishilardan himoyalanish uchun toshlar bilan to‘ldirilgan chelaklarni o‘ylab topdik. Bu shunday vaziyatda chorasiz qolgandan ko‘ra yaxshiroq deb o‘ylayman”
Eslatib o‘tamiz, shu yilning o‘tgan oylarida AQSh maktablarida bir nechta otishmalar yuz berdi. Bularning ichida eng ayanchlisi Florida shtati, Parkland shahridagi “Marjory Stoneman Douglas High School” maktabida sobiq o‘quvchi tomonidan sodir etilgan qurolli hujum bo‘lib, uning oqibatida 17 nafar kishi qurbon bo‘lgan edi.