Munosabatlar yaxshilanishiga umid bildirildi
Turkiya hukumati AQSH bilan munosabatlarning yaxshilanishiga umid bildiradi.
Turkiya hukumati AQSH bilan munosabatlarning yaxshilanishiga umid bildiradi. “Onadoʻli” agentligi xabarida aytilishicha, bu haqda mamlakat Prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻon parlamentning 27-chaqiriq kuzgi-qishki sessiyasida bayon qilgan.
“Umid qilamanki, AQSH va Turkiya orasidagi kelishmovchiliklar yaqin orada barham topadi”, deb taʼkidlagan Erdoʻgʻon, shuningdek, Anqara va Vashingtonning siyosiy, iqtisodiy sohadagi aloqalari mustahkamlanishiga umid qilayotganini aytgan.