Muhojirlar ko‘proq Ispaniyaga yo‘l olmoqda
So‘nggi 3 kun ichida Ispaniyaning janubiy sohillariga kirib kelgan muhojirlar soni 1,2 mingdan ziyodni tashkil qilgan.
So‘nggi 3 kun ichida Ispaniyaning janubiy sohillariga kirib kelgan muhojirlar soni 1,2 mingdan ziyodni tashkil qilgan.
RIA Novostining yozishicha, birgina o‘tgan yakshanbada Marokashdan Ispaniya sohillariga kirib kelayotgan 25ta qayiq dengiz qutqaruv xizmati tomonidan aniqlangan. Hozirda qutqarib qolingan muhojirlarning bari mamlakatdagi migratsiya markazlariga joylashtirilgan.
Xalqaro migratsiya tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan oylarda O‘rtayer dengizi orqali Ispaniyaga kirib kelayotgan muhojirlar oqimi sezilarli darajada oshgan. Misol uchun, butun 2017-yil davomida mamlakatga 22 ming 414 muhojir kirib kelgan bo‘lsa, joriy yilning20 iyul sanasigacha bo‘lgan ko‘rsatkich 18 ming 365 nafar kishini tashkil qilmoqda.