Muhammadqodir Toshtemirov Osiyo chempionati sovrindori
Toshkentda og‘ir atletika bo‘yicha o‘tayotgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti ko‘pkurash sport turlari fakulteti talabasi Muhammadqodir Toshtemirov (81 kg) dast ko‘tarishda 160 kilogramm natija qayd etib, bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Siltab ko‘tarish bo‘yicha musobaqalar davom etmoqda. Eslatib o‘tamiz, Muhammadqodir ushbu musobaqada eng yosh sportchi sifatida bellashmoqda.
Mazkur Osiyo chempionati “Tokio–2020” Olimpiya o‘yinlariga muhim reyting ochkolarini taqdim etishi bilan ham ahamiyatli,– deyiladi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti matbuot xizmati xabarida.
Musobaqa tafsilotlari haqida keyinroq batafsil ma’lumot beramiz.