Moskvada dovul. Ikki kishi halok bo‘ldi
Rossiya poytaxti Moskva shahrida dovul ko‘tarilib, ikki insonning hayotiga zomin bo‘ldi. Hodisa oqibatida 10 dan ziyod kishi jabrlandi.
“AzerTAJ” xabariga ko‘ra, 10 magnitudali to‘fonda shamolning tezligi 25 m/s ga yetgan. Tush payti havo 24 darajagacha qizigan, momaqaldiroqdan so‘ng simob ustuni ko‘rsatkichi 9 darajaga tushgan.
Favqulodda xizmat ma’lumotida keltirilishicha, Moskva shimolida bo‘ron payti daraxt shoxi sinib, o‘tib ketayotgan odamni bosib qolgan. Shahar markazida esa iskala qulashi ortidan yana bir kishi halok bo‘lgan. Kuchli shamol tramvaylardan birining oynasiga shikast yetkazib, metall qatlamni yulib ketgan. Natijada ikki yo‘lovchi jarohat olgan.