Monomarkazda yoshlar mahorat oshiradi
Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi sobiq Qishloq xoʻjaligi kolleji binosida Monomarkaz faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi sobiq Qishloq xoʻjaligi kolleji binosida Monomarkaz faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Monomarkazda yoshlar asalarichilik, tikuvchilik, oshpazlik, qandolatchilik, sartaroshlik kabi koʻplab yoʻnalishlarda kasb sirlarini egallaydi. Qolaversa, rus va ingliz tillarini oʻrganishlari mumkin.
Monomarkazda asalarichilik yoʻnalishini rivojlantirish, yaʼni sohaga oʻquvchilarni jalb etish va oʻziga xos asalarichilik klasterini tashkil etish rejalashtirilgan.