Mohir merganlar musobaqasi
Andijon shahrida pnevmatik miltiqdan o‘q otish bo‘yicha O‘zbekiston birinchiligi musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Andijon shahrida pnevmatik miltiqdan o‘q otish bo‘yicha O‘zbekiston birinchiligi musobaqalari bo‘lib o‘tdi.Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri jamoalari o‘zaro bahslashdi.
Ayollar va erkaklar o‘rtasida eng yuqori ball jamg‘argan Andijon viloyati sportchilari birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Toshkent shahri jamoasi ikkinchi va Namangan viloyati vakillari uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.
– Musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgan edik, – deydi g‘oliblardan biri, andijonlik Izzatbek Yunusov. – Buning uchun bizda barcha zamonaviy sharoitlar mavjud. Prezidentimizning biz, yoshlarga bildirayotgan ishonchini oqlab, xalqaro musobaqalarda ham yuqori natijalarga erishishni maqsad qilganman.