Moddiy rag‘bat va e’tibor ehtiyojmand oilalarga madad bo‘ldi
Namangan shahrining Davlatobod tumani IIB boshlig‘i, uchinchi sektor rahbari, podpolkovnik Umidjon Boyxonov boshchiligidagi mutasaddilar Yangi yilni xayrli ishbilan boshlashdi.
Tumanda istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, yakka-yolg‘iz fuqarolar va nogironligi bor kishilar holidan xabar olinib, ularga pul mablag‘lari hamda bayram sovg‘alari tarqatildi.
– Rostini aytsam, sovg‘a-salomlar, pul mablag‘lari bilan holimizdan xabar olishlarini aslo kutmagandim, – deydi mehnat faxriysi Adiba Axtariyeva. – E’tibor va yo‘qlovdan boshim osmonga yetdi. Ilohim, kirib kelgan yilimizda ham yurtimizni tinchlik-totuvlik, fayzu baraka, bunyodkorlik ishlari tark etmasin.
Yo‘qlov tadbirlari bahona tumandagi 71 nafar nogironligi bor, 50 ta kam ta’minlangan va 15 ta boquvchisini yo‘qotgan oila, yakka-yolg‘iz insonlarga muruvvat ko‘rsatildi. “Art soft Holding”, “Kapitalbank” Namangan filiali, “Yoshlar savdo markazi” kabi saxovatpesha tashkilotlarning yangi yil sovg‘alari topshirildi.
Oqilxon Dadaboyev,
O‘zA