Mobil aloqa va sun’iy intellekt bo‘yicha xalqaro ekspertlar tajriba almashmoqda
Bugungi kunda sun’iy intellekt texnologiyalari jahon iqtisodiyoti va raqamli kommunikatsiya sohasining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Ayniqsa, mobil aloqa tarmoqlarida AI yechimlaridan foydalanish xizmatlar sifatini oshirish, jarayonlarni avtomatlashtirish va raqamli boshqaruv samaradorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shu munosabat bilan joriy yilning 20–21-may kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan “GSMA M360 Eurasia 2026” xalqaro forumi doirasida bugun “Capacity Building Training: Mobile Connectivity and the AI Revolution” mavzusida maxsus o‘quv-treningi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir davlat organlari va regulyatorlar vakillari uchun tashkil etilgan. Unda sun’iy intellekt texnologiyalarining mobil aloqa ekotizimidagi o‘rni, uning iqtisodiyot va boshqaruv sohalariga ta’siri, shuningdek AI texnologiyalarini mas’uliyatli joriy etish masalalariga bag‘ishlandi.

Trening davomida ishtirokchilar sun’iy intellektning fundamental tamoyillari hamda uning zamonaviy raqamli ekotizimdagi ahamiyati bo‘yicha atroflicha ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Shuningdek, AI texnologiyalarining mobil telekommunikatsiya sohasida qo‘llanilishi, jumladan tarmoqlarni avtomatlashtirish, texnik nosozliklarni oldindan aniqlash va xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
N.Rahmonova,
O‘zA