Misrda YI va Arab Ligasi sammiti boʻlib oʻtmoqda
Arab va Yevropa liderlari yakshanba kuni ilk marotaba Misrning Qizil dengizdagi Sharm ash-Shayx shahrida boshlangan Yevropa Ittifoqi va Arab Ligasi sammitida yigʻildi.
Arab va Yevropa liderlari yakshanba kuni ilk marotaba Misrning Qizil dengizdagi Sharm ash-Shayx shahrida boshlangan Yevropa Ittifoqi va Arab Ligasi sammitida yigʻildi.Yevropa Ittifoqining bayonotiga koʻra, ikki kun davom etadigan ushbu sammitda xalqaro va hududiy muammolar, xususan saudiyalik jurnalist Jamol Xashoqjiga qilingan suiqasd, Fors koʻrfazi mamlakatlaridagi oʻzaro kelishmovchiliklar, ichki urushlar va Brexit haqida muzokaralar oʻtkaziladi.
Kamida 24 nafar yevropalik rahbarlar sammitga tashrif buyurgan va ularni Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi kutib olgan. Shuningdek, Abdulfattoh as-Sisi sammitda Yevropa Kengashi raisi Donald Taskga hamrohlik qiladi.
Shuningdek, Germaniya kansleri Angela Merkel, Italiya va Britaniya bosh vazirlari Juzeppe Konte va Tereza Mey kabi rahbarlar sammitga ishtirok etish uchun Misrga kelgan.
Sammitda Arab Ligasidan nechta davlat ishtirok etayotgani haqida maʼlumot berilmagan.
Maʼlumot uchun: Arab Ligasiga 22 nafar davlat aʼzo hisoblanadi.