Minglab rossiyaliklar namoyishga qo‘shilmoqda
Rossiyada ko‘pchilik muxolifatchi Aleksey Navalniyning ozod qilinishini talab qilib, ruxsatsiz namoyishlarda qatnashmoqda.
Moskvada metroning ayrim stansiyalari yopilgan, shahar markazida ba’zi hududlar to‘sib qo‘yilgan. Namoyish vaqtida besh mingdan ortiq odam hibsga olingan. Bu haqda mamlakat politsiyasi ma’lumot berdi.
Ba’zi manbalarda Navalniyning hibsga olinishi "noqonuniy" deb baholanmoqda. Ma’lumki, rasmiylar avgust oyida zaharlangani uchun davolanish maqsadida uning Berlinga borishiga ruxsat bergan edi. Muxolifatchi mamlakatga qaytgach, aeroportda hibsga olindi.
“BBC” muxbiri Sara Reynsfordning aytishicha, Moskvada namoyishchilar vaziyatni chigallashtirib yuborgan. Ya’ni, ular xavfsizlikka rioya qilmasdan, zobitlarga qarshilik ko‘rsatishga xarakat qilgan. Natijada, politsiya namoyishchilarni qo‘lga olayotgani xabar qilingan.
Kecha hibsga olinganlar orasida Navalniyning rafiqasi Yuliya Navalnaya ham bor edi. Keyinchalik u ozod qilindi.
Politsiya norozilik namoyishi noqonuniy ekanini aytdi, rasmiylar esa bu harakat koronavirus keng tarqalishiga sabab bo‘layotganidan ogohlantirdi.
Sankt-Peterburgda ham olomon markaziy maydonda yig‘ilgan.
Yakshanba kuni muxolifatchining Moskvadagi saylovoldi shtabi kunlik namoyish tugaganini e’lon qildi va tarafdorlarni seshanba kuni Moskva sudida Navalniy hibsga olinishi to‘g‘risida qaror chiqarilishi munosabati bilan uyushtiriladigan mitingda qatnashishga chaqirdi.