Milliy teatrning mahallaga tuhfasi
Prezidentimiz ilgari surgan 5 ta tashabbus boʻyicha mamlakatimizda koʻplab xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.
Prezidentimiz ilgari surgan 5 ta tashabbus boʻyicha mamlakatimizda koʻplab xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.
Oʻzbek Milliy akademik drama teatri jamoasi tomonidan Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi Islomobod, Tiklanish, Hasanboy, Katta Hasanboy, Sharq haqiqati mahallalarida istiqomat qiluvchi kam taʼminlangan, boquvchisini yoʻqotgan va imkoniyati cheklangan oilalarga dramaturg Erkin Xushvaqtovning “Koʻngil” komediyasi bepul namoyish etildi.
Spektakl namoyishidan avval mazkur teatr direktori, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Fathulla Maʼsudov sanʼat muxlislarini yangilanish va yasharish fasli boʻlmish bahor hamda Navroʻz bayrami bilan qutladi.
– Tomoshabinlarga maʼnaviy-ruhiy ozuqa ulashishda, estetik didini shakllantirishda teatrning oʻrni beqiyos, – dedi teatr direktori Fathulla Maʼsudov. – Teatr – maʼrifatxona, ibratxona. Agar biz – sanʼatkorlar ijod mahsullarimiz bilan tomoshabinlar koʻnglini xushnud etayotgan, sahna asarlarimiz bilan ziyo ulashayotgan boʻlsak, zimmamizdagi vazifani bajarayapmiz.
Ayol, pokiza tuygʻularining qadriga yetishdek ezgu gʻoya singdirilgan ushbu spektakl tomoshabinlarga quvonch, koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.