Milliy madaniyat markazlarga avtomashinalar berildi
Fargʻona viloyatidagi milliy madaniyat markazlariga yangi avtomashinalar topshirildi.
Fargʻona viloyatidagi milliy madaniyat markazlariga yangi avtomashinalar topshirildi.
Bagʻrikenglik, hamjihatlik xalqimizga xos qadriyatlardir. Bugungi kunda viloyatda ham turli millat vakillari ahil-inoqlikda yashab, har jabhada mehnat qilmoqda, tashabbus va imkoniyatlardan foydalanayotir.
Milliy madaniyat markazlari turfa xalq va elatlarning urf-odat, qadriyatlarini birlashtiruvchi qutlugʻ maskan. Viloyatda slavyan, koreys, nemis, tatar, turk, yahudiy, tojik, qirgʻiz singari milliy madaniyat markazlari samarali faoliyat yuritmoqda. Ularnihar tomonlama qoʻllab-quvvatlash doimiy eʼtiborda.
Viloyat hokimi milliy madaniyat markazlariga avtomashinalarning kalitini topshirdi.
– Fargʻonada 5 ming nafardan ziyod koreyslar yashaydi, - deydi koreys milliy madaniyat markazi rahbari Viktor Lyan. – Bugun viloyat hokimi tashabbusi bilan tuhfa qilingan yangi avtomashinalar tinchlik-totuvlik, doʻstlik rishtalarini bogʻlashda yangi imkoniyatlar yaratdi. Oʻzbekiston umumiy uyimiz. Biz shu qutlugʻ vatanda ahil-inoq, oʻz uf-odat va anʼnlarimizga muvofiq yashab kelyapmiz.
Viloyat rahbari milliy madaniyat markazlari tomonidan tinchlik-totuvlik, xalqlar doʻstligini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. 8 ta milliy madaniyat markazlarinig har biriga faoliyatini tashkil etish uchun 50 million soʻmdan mablagʻ, avtomashinalar uchun yoqilgʻi ajratib berildi.