Milliy adabiyot rivoji doimiy e’tiborda
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Qozog‘istonning “Tan-Sholpan” (“Tong yulduzi”) jurnali mas’ul kotibi Diydar Kulkenov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid va boshqalar keyingi yillarda mamlakatimizda milliy adabiyotimizni ravnaq toptirish borasidagi ibratli tashabbuslar hayotga faol joriy etilayotganini ta’kidladi.

Darhaqiqat, mamlakatimizda adabiy hamkorlik muhitini tobora kengaytirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘i hududida "Adiblar xiyoboni" barpo etildi. Yozuvchi va shoirlarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Ularning asarlarini nashr etish, yosh qalamkashlarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash borasida muayyan tizim yaratilgani ko‘pchilik mamlakatlar uchun ibratlidir. O‘zbek ijodkorlari asarlarini turli tillarga tarjima etish borasida katta hajmdagi ishlar olib borilmoqda.

Uchrashuv davomida qardosh xalqning ijodkorlari O‘zbekistonda adabiyot fidoyilari uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar, kitobxonlikni rivojlantirish borasidagi ezgu ishlarni yuksak e’tirof etdilar.
Muloqot davomida hamkorlikdagi rejalar belgilab olindi.
N.Usmonova, O‘zA