Milanda bank hujumga uchradi
Milan bankiga yer ostidan choh qazib kirib borgan o‘g‘rilar 160 ming yevroni qo‘lga kiritgan, deb xabar tarqatdi "Corriere della Sera" gazetasi.
To‘rt kishidan iborat jinoiy guruh bank binosiga chorshanba kuni ertalab kirgan. Bu vaqt muassasada ish boshlangan, mijozlar qabul qilinayotgan edi. Jinoyatchilar yetti kishining qo‘l-oyoqlarini bog‘lab, bir muddat garovda ushlab turgan.
Ikki xodim talonchilarni seyf oldiga boshlab borishga majbur bo‘lgan, shundan keyin ular pulni olib yashirinishga ulgurgan. Voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilar qo‘shni bino - pitsseriya ostidan choh qazib kelinganiga guvoh bo‘lgan. Jabrlanganlar talonchilar janub lahjasida so‘zlashgani haqida ma’lumot bergan, xolos.