MIB: Undiruvlar vaqtida amalga oshirilmoqda
Majburiy ijro byurosi Buxoro viloyati boshqarmasiga joriy yilning o‘tgan davrida 1,5 trillion so‘mlik 31 mingta soliq undiruvi bilan bog‘liq ijro hujjatlari kelib tushgan. Boshqarma organlari tomonidan o‘tgan davrda 1,3 milliard so‘mlik 22,3 mingta ijro hujjati tamomlandi. Soliq undiruvi rejasi 100 foizdan ortiq bajarilgan. Amalda undiruv 453,4 milliard so‘mni tashkil qilmoqda.
– Qorovulbozor tumanidagi “Buxoroneftgazparmalash” aksiyadorlik jamiyatidan 1,7 milliard so‘m soliq undiruvlari amalga oshirildi, – deydi Majburiy ijro byurosi Buxoro viloyati boshqarmasi inspektori Amrillo Djurayev.
– Byuroning Jondor tumani bo‘limida Davlat soliq inspeksiyasining qarzdor “OMAD FAYZ M.P” MCHJdan 18,2 million so‘m soliq qarzini undirish yuzasidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor korxonaga tegishli “Lacetti” rusumli avtomashina, Buxoro shahar bo‘limida qarzdor H.Botirovdan 64,2 million soliq qarzini ijro hujjati yuzasidan “Nexia 3» rusumli avtomashina xatlandi. Natijada “E-ijro auksion” elektron savdo maydonchasi orqali avtomashinalar savdoga chiqarilishini tushungan qarzdorlar soliq qarzlarini to‘lab berdi.
Zarif Komilov, O‘zA