Messi joriy mavsumda 126 million dollar ishladi
Forbes jurnali 2020-yilda eng koʻp daromad olgan futbolchilar roʻyxatini tuzib chiqdi.
Forbes jurnali 2020-yilda eng koʻp daromad olgan futbolchilar roʻyxatini tuzib chiqdi.
Unga koʻra, argentinalik charm toʻp ustasi Lionel Messi jadvalning eng yuqori pogʻonasidan joy oldi.
Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumchisi joriy mavsumda 126 million dollar ishlab topdi. Daromadining 92 millioni ish haqi boʻlsa, qolgan 34 millioni reklamalardan tushgan mablagʻdir.
Roʻyxatning ikkinchi pogʻonasidan esa “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu oʻrin oldi. U 70 million dollar maosh bilan birgalikda reklamadan 47 million dollar ishlagan. Uchinchi oʻrin “PSJ” forvardi Neymarga (96 million dollar) nasib etdi.