Mening ovozim juda muhim!
Bugun erta tongdan mamlakatimizdagi barcha saylov uchastkalari yurtdoshlarimiz bilan gavjum. Saylovchilar o‘zlari munosib, deb topgan nomzodga ovoz bermoqda.
Bu muhim siyosiy jarayonda saylovda ishtirok etish huquqiga ega har bir fuqaroning ovozi juda muhim.
Shayxontohur tumanidagi 358-saylov uchastkasida davlat madhiyasi bilan boshlangan ovoz berish jarayoni ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda.

- Saylov uchastkamizda 1 ming 487 nafar fuqaro saylovchi sifatida ro‘yxatga olingan. Ulardan 9 nafari muddatidan oldin ovoz berdi, 14 nafari ilk marta saylov jarayonlarida ishtirok etmoqda, - deydi Saylov uchastkasi komissiyasi raisi Rayhona Kulunchakova.

- Shu yil 18 yoshga to‘ldim. Bugun o‘z kelajagim uchun muhim, deb hisoblagan nomzodimga ovoz berdim. Men kabi yoshlarning, har bir fuqaroning ovozi yurtimiz ravnaqi, kelajak hayotini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi, - deydi saylov jarayonlarida ilk bor ishtirok etayotgan Nuriddin Otajonov.
Saylov jarayonlarini xalqaro ekspertlar, kuzatuvchilar, nomzodlarning ishonchli vakillari kuzatib bormoqda.
Saylov jarayonlari davom etmoqda.
Fayzullo Yahyoyev, O‘zA