“Men ham harbiy bo‘laman” kitobi taqdim etildi
FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Surxondaryo viloyat akademik litseyida “Men ham harbiy bo‘laman” nomli kitob taqdimoti o‘tkazildi.
Mazkur kitob matonatli harbiylar hayoti, bu yo‘lga kirish orzusidagi yoshlarga bag‘ishlangan.
[gallery-19272]
Taqdimot tadbirida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Ta’lim muassasalari bilan ishlash va vatanparvarlik bo‘lim boshlig‘i To‘xtasin Arslonov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Xorazm viloyat bo‘limi rahbari Begzod Abdirimov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi rahbari Nargiza Rahmatullayeva so‘zga chiqib, mazkur kitob mazmuni va ahamiyati haqida batafsil so‘z yuritdi. Unda tarix bilan bugungi kun hamohang ekanligi, zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilgani, jumladan QR kodlarni mobil qurilmadan foydalangan holda o‘qish va video tasvirlarni ko‘rish imkoniyati aytib o‘tildi.
Ta’lim dargohi kutubxonasiga taqdimoti o‘tkazilgan kitob jamlanmasi tuhfa etildi.
Xuddi shunday tadbir Termiz shahridagi “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyida ham tashkil etildi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA