Meksika aeroportida noodatiy jo‘natma topildi
Meksikaning Keretaro shahri xalqaro aeroportida jo‘natma ichidan to‘rtta inson kallasi suyagi topildi, deb xabar berdi mamlakat milliy gvardiyasi.
"Milliy gvardiya xodimlari Keretaro shahri xalqaro aeroportida kurer kompaniyasining yuki rentgen tekshiruvidan o‘tkazilayotganda to‘rt dona inson boshi suyagini topishdi", - deyiladi xabarda.
Suyaklar shaffof plastik va alyuminli folgaga o‘ralgan bo‘lgan. Yuk uchun hech qanday hujjat ko‘rsatilmagan.
Milenio nashrining yozishicha, jo‘natma Amerikaning Janubiy Karolina shtatida yashovchi fuqaroga jo‘natilgan ekan.