Mehr yurakdan yurakka ko‘chadi
“Qo‘ng‘irot soda zavodi” qo‘shma korxonasi tomonidan imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar, kam ta’minlangan oilalar, yakka-yolg‘iz keksalarni ijtimoiy muhofaza qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni hamda “Mehr-muruvvat oyligi” munosabati bilan navbatdagi xayriya tadbirlari o‘tkazildi. “Yelobod” shaharcha fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi. Bir guruh o‘quvchilarga zamonaviy noutbuk sovg‘a qilindi.

Joylarda o‘tkazilayotgan xayriya tadbirlari davlatimiz rahbarining O‘zbekiston xalqiga murojaatida qayd etilganidek, nogironligi bo‘lgan shaxslarni jamiyatimizning to‘laqonli a’zosi deb his etish imkonini bermoqda.
Dovud Abibullayev, O‘zA