“Mehnatimiz, ijodimiz bilan dunyoni tan oldiramiz” – Jenisbek Piyazov (+video)
Davlatimiz rahbarining tegishli farmoniga muvofiq mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan turli soha vakillari qatori O‘zbekiston xalq artisti Jenisbek Piyazov «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlandi.
– «Mehnat shuhrati» ordeni – avvalambor, bu katta mas’uliyat. O‘zbekiston xalq artisti unvonini olganimda ham juda xursand bo‘lgan edim. Bugun mas’uliyatim yanada ko‘paydi va ishlashda davom etamiz. E’tirof etish lozimki, oxirgi yillarda san’atga, madaniyatga, ma’naviyatga alohida e’tibor qaratilmoqda, ayniqsa, opera yo‘nalishida juda ham ko‘p ishlar olib borildi. Misol uchun «Amir Temur» operasi bugun butun dunyoni kezib chiqyapti. Bunda Amir Temur rolini olib, aytganim men uchun juda ham katta yutuq bo‘ldi. Shu kabi mehnatlarimiz «Mehnat shuhrati» ordeniga munosib ko‘rildi, deb o‘ylayman.
Hurmatli Prezidentimizga minnatdorlik bildiraman, bu kabi e’tibor, nafaqat xizmat ko‘rsatgan yoki xalq artistlari, balki o‘sib kelayotgan yoshlarga ham katta imkoniyat eshiklarini ochyapti.
Abdulaziz RUSTAMOV,
Yoqubjon MELIBOEV (video),
O‘zA