Mehnat stajiga ega emasmisiz? Buning yechimi oson...
Xoʻsh, ish stajiga ega boʻlmagan fuqarolar qanday qilib pensiya olishlari mumkin? Biz quyida qanday qilib mehnat stajiga ega boʻlishning eng qulay va foydali yoʻllarini taqdim qilamiz.
Aholimizning aksariyat qismini oʻzini oʻzi band qilish hisobiga oʻzini mehnat daromadi bilan taʼminlaydigan shaxslar, masalan, repetitorlar, frilanserlar, hunarmand-ustalar, chorva yoki parrandachilik va boshqa turli faoliyat bilan shugʻullanuvchi shaxslar va mehnat migrantlari tashkil qiladi. Albatta, ushbu toifa shaxslar ham qariganda pensiya olishni istashadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi qonuniga koʻra fuqarolar kamida 7 yil ish staji mavjud boʻlgan taqdirdagina yoshga doir pensiya olish huquqiga ega boʻladilar.
Xoʻsh, ish stajiga ega boʻlmagan fuqarolar qanday qilib pensiya olishlari mumkin? Biz quyida qanday qilib mehnat stajiga ega boʻlishning eng qulay va foydali yoʻllarini taqdim qilamiz.
Oʻzini oʻzi band qilish hisobiga oʻzini mehnat daromadi bilan taʼminlaydigan shaxslarning mehnat faoliyatini tartibga solish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019-yil 9-iyulda “Oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomasini joriy etish toʻgʻrisida”gi 566-son qarori qabul qilindi.
Qaror bilan oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolarga vaqtinchalik mehnat guvohnomasi berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom, vaqtinchalik mehnat guvohnomasini berish sxemasi, vaqtinchalik mehnat guvohnomalari beriladigan faoliyat (xizmatlar, ishlar) turlari roʻyxati tasdiqlandi.
2019-yil 1-sentyabrdan boshlab oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolarga vaqtinchalik mehnat guvohnomalari, ularning egalariga mehnat stajini hisobga olish va ragʻbatlantiruvchi imtiyozlardan foydalanish huquqi berilishini nazarda tutadigan tartib joriy qilindi.
Vaqtinchalik mehnat guvohnomalari berilgan sanadan boshlab va ular amal qilishining butun davri pensiyani hisoblab chiqarish uchun fuqarolarning mehnat stajiga hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2016-yil 22-fevralda 46-son qarori bilan chet elda ishlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib boʻlmaydigan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga yagona ijtimoiy toʻlov toʻlash tartibini, shuningdek ularning pensiyani hisoblash uchun olinadigan ish stajini va ish haqi miqdorini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Unga koʻra chet elda ishlovchi shaxs Pensiya jamgʻarmasiga yiliga bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt yarim barobari miqdorda sugʻurta badali toʻlagan taqdirda, sugʻurta badali toʻlangan yil mehnat stajiga kiritiladi.
Masalan, Rossiyada ishlab kelgan migrant Pensiya jamgʻarmasiga taxminan 1 mln soʻm mablagʻ toʻlasa, 1 yillik mehnat stajiga ega boʻladi.
Qishloq joylarida ayrim aholi tut ipak qurti parvarishlash bilan ham shugʻullanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentyabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-ilovasiga koʻra, paxta tozalash sanoati korxonalaridagi va ipakchilik tarmogʻi korxonalari va fermer xoʻjaliklaridagi mavsumiy ishlarda band boʻlish toʻliq bir yil mehnat stajiga oʻtadi. Yaʼni siz tut ipak qurtini bir mavsum parvarishlasangiz, toʻliq bir yil mehnat stajiga ega boʻlasiz.
Mamlakatimizda ekin yerlaridan samarali foydalanish, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloqda fuqarolarning bandligi va farovonligini oshirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-aprelda “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3680-son qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, dehqon xoʻjaligi va 4 sotixdan kam boʻlmagan tomorqa yerida band boʻlgan yoki ushbu uchastkada qoramol yoxud 50 boshdan kam boʻlmagan parranda parvarishlayotgan jismoniy shaxslar tomonidan Pensiya jamgʻarmasiga yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida sugʻurta badali toʻlangan taqdirda, sugʻurta badali toʻlangan yil mehnat stajiga kiritiladi, 1 yilga bor yoʻgʻi 223 ming toʻlaysiz va 1 yillik mehnat stajiga ega boʻlasiz.
Erkaklar — 60 yoshga toʻlganda, ayollar — 55 yoshga toʻlganda yoshga doir pensiya olish huquqiga ega boʻladilar.
Endi tasavvur qiling! Siz bor-yoʻgʻi 7 yil mobaynida har bir yil uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida sugʻurta badalini toʻlab borsangiz, yoshga doir pensiyaga chiqish uchun zarur boʻlgan kamida 7 yil ish staji choʻntagimda deyavering!
Oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolarga vaqtinchalik mehnat guvohnomasi berilganligi uchun undiriladigan
TOʻLOV MIQDORLARI