Mehnat qilgan rohat ko‘radi (+video)
Bugungi kunda Davlatimiz rahbarining joriy yil 5 apreldagi “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, ishsiz yoshlarga yer maydonlari ajratib berilib, ularning bandligi va daromadi ta’minlanmoqda.
Jumladan, andijonlik Husniddin Oltmishev, o‘ziga ajratilgan 15 sotix yerdan bir yilda ikki marta hosil olishga muvaffaq bo‘ldi. Qahramonimiz Shahrixon tumanining Yangi Naynavo mahallasida yashaydi va yoshlar yetakchisi ko‘magida yerli bo‘ldi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/P_YgkigkXbw" title="Mehnat qilgan rohat koʻradi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Husniddin avvaliga kartoshka ekib, 10 million so‘m daromad oldi. Endi esa ikkinchi hosili tarvuz ham pishib, unga qo‘shimcha daromad keltiryapti.
Qahramonimiz bilan tashkil etilgan intervyuning to‘liq shaklini O‘zAning You Tube sahifasida ko‘rishingiz mumkin.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA