Media haftalikdan umid katta
Matbuot – hayot ko‘zgusi. Bu ibora hech bir zamon, davr va jamiyatda o‘zgarmaydi. U bosma nashr, elektron shakl, ijtimoiy tarmoq ko‘rinishida bo‘ladimi, baribir kun nafasini ifodalaydi. Bu maydonda kimning axboroti ishonchli va xolis bo‘lsa, o‘shanga talab katta va aslida jurnalistika tamoyillariga aynan shunday uslub mos.
Bunday talabga javob berish uchun esa jurnalist mahorati yetarli, ijodiy jamoa yondashuvi malakali bo‘lishi lozim. Aynan shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Kontent yaratish markazi joylarda jurnalist, erkin ijodkor, blogerlarga media haftalik o‘tkazib, o‘quv -seminarlari tashkil etmoqda. Uning navbatdagisi 18-22-may kunlari Farg‘onadagi EKSPO markazida bo‘lib o‘tadi.

Shu munosabat bilan ayni kunlarda Farg‘ona viloyatining shahar-tumanlarida media haftalik arafasida faxriy va yosh jurnalistlar bilan davra suhbatlari bo‘lib o‘tmoqda. Buvayda tumanidagi muloqotda umrini shu kasbga bag‘ishlagan faxriylar, “Buvayda ko‘zgusi” tahririyati ijodiy jamoasi a’zolari, yosh jurnalistlar hamda yozuvchi-shoirlar, ijod ahli vakillari ishtirok etishdi. Ular matbuotning jamiyat oldidagi majburiyat va mas’uliyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Ta’kidlandiki, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda har jabhada katta islohotlar amalga oshirilyapti. Ammo ularning tub mohiyatini xalqqa yetkazishda jurnalistlar mavjud imkoniyatlardan yetarlicha foydalanmayaptilar. Ayniqsa, bugungi elektron vositalar rivojlangan davrda yangi va xilma-xil videokontentlar yaratish lozim. Ularda vatanparvarlik ruhini aks ettirishga ustuvorlik berish talib etiladi.

Davra suhbatida ommaviy axborot vositalari, ayniqsa,bosma nashrlarda yuzaga kelgan muammolar ham muhokama qilindi. Ularni davlat miqyosida qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish masalasi yuzasidan takliflar aytildi.

Jurnalist va ijod ahli Farg‘onada bo‘ladigan media haftalikdan umidlari katta ekanini bildirishdi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/QyuOWLpGc5o?si=hCsz5LXWM2SkkHIp" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhammadjon Obidov,
Elyor Olimov(video, surat), O‘zA