MDH o‘yinlarining navbatdagi kuni ham muvaffaqiyatli o‘tdi
Belarusda o‘tayotgan II MDH o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi o‘q otish sporti, yengil atletika, og‘ir atletika, dzyudo sport turlari bo‘yicha 1 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Kechagi kunning yagona oltin medaliga yengil atletikaning yadro uloqtirish bahslarida ishtirok etgan Parizod Abdullayeva sazovor bo‘ldi. Shuningdek, 2000 metr masofaga yugurishda Anastasiya Silchenkova marraga ikkinchi bo‘lib yetib kelgan bo‘lsa, 300 metrga to‘siqlar osha yugurishda Shodiyona Rahmonova delagatsiyamizga yana bir kumush medalni keltirdi.

Pnevmatik to‘pponchadan 10 metrdan o‘q otish bo‘yicha jamoaviy bahslarda Ilhombek Obidjonov, Sodiqjon Abdullayev, Umidbek Kamolbekovdan tashkil topgan terma jamoamiz shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.

Dzyudo bo‘yicha jamoaviy dasturda ham vakillarimiz bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Kun davomida Despina Bandaletova 2000 metr yugurishda, Nursultan Yesberganov esa og‘ir atletikaning 81 kg vaznida kuchli uchlikdan joy oldi.
Musobaqa davom etmoqda.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA muxbiri