MDH o‘yinlarida yana 5 ta medal
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Rossiyaning Qozon shahrida I Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi o‘yinlari davom etmoqda.
Musobaqaning navbatdagi kuni ortda qoldi.
Ushbu kun dasturida terma jamoamiz vakillari yana 5 ta bronza medalini delegatsiyamiz hisobiga yozib qo‘ydi. Ulardan 4 tasi boks sportiga to‘g‘ri kelsa, yana bir medal erkin kurashchimiz hisobiga yozildi.

Bugun sovrindor bo‘lgan sportchilarimiz:
Boks:
-60 kg: Umidillo Rasulov
-66 kg: Ja’farbek Shaxbazov
-52 kg: Uzukjamol Yunusova
-54 kg: Guldana Tileubergenova

Erkin kurash:
-125 kg: Namoz Abdurashidov.
Shu tariqa mazkur musobaqada delegatsiyamiz hisobidagi medallar 2 ta kumush va 8 ta bronzani tashkil etmoqda.