“Maydon tomoshalari” festivali
Poytaxtimiz va yurtimizning turli hududlarida 19-20-sentyabr kunlari “Maydon tomoshalari” festivali boʻlib oʻtdi.
Poytaxtimiz va yurtimizning turli hududlarida 19-20-sentyabr kunlari “Maydon tomoshalari” festivali boʻlib oʻtdi.
Koʻtarinki ruhda tashkil etilgan mazkur festival shodiyonalariga maqom, baxshichilik, estrada, sirk sanʼati yulduzlari, shoirlar, kino va teatr aktyorlari, barcha sanʼat ahli xalqimizning kayfiyatini koʻtarish istagida jam boʻldi.

Bugungi murakkab sinovli kunlarda hamyurtlarimiz koʻngliga quvonch, yaxshi kayfiyat ulashish festivalning asosiy maqsadlaridan biridir.
Tadbirlar poytaxtimizning Bektemir tumanidagi Madaniyat markazi, Mirobod tumanidagi 1-son madaniyat markazi hududiga tutash maydon, “Tashkent City” majmuasi, Uchtepa tumanidagi “Eko bogʻ”, “Ashxobod” sayilgohi, “Xalqlar doʻstligi” sanʼat saroyiga tutash maydoni,
“Navroʻz” bogʻi, Toshkent hayvonot bogʻi, barcha viloyat va tuman markazlarida oʻtkazildi. Bu kabi ijodiy loyihalar hozirgi murakkab pandemiya sharoitida ham belgilangan talablarga rioya etgan holda mehnat qilish va dam olish koʻnikmasini shakllantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.