May oyidan Skype xizmati tugatiladi
Amerikaning Microsoft korporatsiyasi joriy yilning may oyidan Skype xizmati yopilishini ma’lum qildi, deb yozadi TASS agentligi. Bu haqida XDA Developers portali xabar beradi.
Xabarda foydalanuvchilarga Microsoft Teams platformasiga o‘tish taklif etiladi: “May oyidan boshlab Skype faoliyati to‘xtatiladi. Qo‘ng‘iroqlar va muloqot uchun Teams xizmatidan foydalaning ”, - deyiladi xabarda.
Skype xizmati 2003 yilda ishga tushirilgan bo‘lib, 2011 yilda Microsoft korporatsiyasi tomonidan xarid qilingan edi. Kompaniya 2017 yilda asta-sekin biznes uchun asosiy aloqa vositasiga aylangan Teams xizmatini taqdim etdi. XDA Developers portali ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda Microsoft korporatsiyasi Teams xizmatini faol targ‘ib qilgan.
Aziza Alimova tayyorladi, O‘zA