“Maxsustrans” ko‘cha yuzidagi xonadonlarga konteynerlar tarqata boshladi
“Maxsustrans” DUK Shayxontohur tumani avtotransport bo‘limi tomonidan tumanning Nurafshon ko‘chasida joylashgan “Ilg‘or” mahallasi xonadonlariga maishiy chiqindilarni solish uchun maxsus konteynerlar tarqatildi.

20 dan ortiq xonadonlarga tarqatilgan ushbu konteynerlar 120 litr sig‘imga ega bo‘lib, ushbu konteynerlar mazkur xonadonlardan chiqayotgan chiqindilarni ko‘cha yuziga olib chiqib tashlanishini kamaytirish maqsadida tarqatilgan.
“Maxsustrans” tomonidan ushbu xonadonlardan chiqindi chiqarib tashlanishi signal asosida haftada 2 marotabadan kam bo‘lmagan holda amalga oshiriladi.
Avvallari mazkur xonadonlardan chiqindilar shoh ko‘chaga olib chiqilib, atrof-muhit ifloslanishiga sabab bo‘lgan. Ushbu sinov-tajriba muvaffaqiyatli amalga oshgan taqdirda mazkur amaliyot qolgan shoh ko‘chalarga ham joriy etilishi rejalashtirilmoqda.