Matonat va iroda – inson ziynati (+video)
Boyovutlik O‘ktam G‘aybullayev imkoniyati cheklanganiga qaramay, doimiy ravishda o‘z ustida ishlaydigan matonatli yigit. U ayni vaqtda Guliston davlat pedagogika institutining Jismoniy madaniyat va sport yo‘nalishi talabasi.
Qahramonimiz “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan son protezi bilan ta’minlandi va Guliston shahar Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi davlat muassasasiga ishga kirishiga ko‘maklashildi. Hozirda u paravelosport bo‘yicha o‘qituvchi-murabbiy.
[gallery-21970]
Bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanishni afzal ko‘radigan O‘ktam murabbiylikdan tashqari maishiy jihozlarni ta’mirlash va uch g‘ildirakli mototsikli bilan yuk tashish xizmatlarini ko‘rsatish orqali qo‘shimcha daromad ham oladi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/FDgBBzITNUQ" title="Matonat va iroda – inson ziynati" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Shahriyor ORTIQBOEV (surat va video), O‘zA