Mas’uliyat zamon bilan hamnafaslikka asosdir
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Prezidentimizning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi va Respublikada ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Videokoferensaloqa shaklida o‘tkazilgan tadbirda vazirlikning markaziy ijro apparati, hududiy bosh boshqarmalari, tuman va shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari mas’ul xodimlari qatnashdi.

Unda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining birinchi o‘rinbosari, professor Muhammadjon Quronov mamlakatimiz hayotidagi ikki muhim voqea – Murojaatnoma va ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish borasida ma’ruza qildi.
Murojaatnomaning asosiy mazmun-mohiyati va undagi yoshlarga bo‘lgan alohida e’tibor, yaratilayotgan keng imkoniyatlar, yoshlarning o‘qishi, intilishlari, bandligiga ko‘maklashish masalalari va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z bordi.

Shu bilan birga, hayotimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning samaradorligi, avvalo, xalq ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning chuqur o‘rganilishi, an’ana va urf-odatlarimizning saqlanishi, madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji, eng muhimi, jamiyat tafakkurining o‘zgarishi, yuksalishi bilan uzviy bog‘liqligi xususida o‘zaro fikr almashildi.
O‘zA