Maslahatchilarga yangi xizmat mashinalari topshirildi
Qashqadaryo viloyat, shahar va tumanlar hokimlarining xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchilariga yangi xizmat mashinalarining topshirilishi ham bu boradagi ishlarning mantiqiy davomidir.
Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi roli va faolligini yana-da oshirish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, bu boradagi qonunchilik meʼyorlarini tobora takomillashtirish yurtimizda davlat siyosati darajasidagi masalaga aylandi.
Qashqadaryo viloyat, shahar va tumanlar hokimlarining xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchilariga yangi xizmat mashinalarining topshirilishi ham bu boradagi ishlarning mantiqiy davomidir.

Xabaringiz bor, Davlatimiz rahbari raisligida joriy yil 8-oktyabr kuni jamiyatda ayollar va yoshlarning rolini oshirish hamda bandligini taʼminlash chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi. Unda qayd etilganidek, endilikda yurtimizda “temir daftar”dan xoli boʻlgan “yoshlar daftari” va “ayollar daftari” ham yuritiladi.
Bu kabi vazifalarni amalga oshirish tegishli mutasaddilar, ayniqsa, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi hamda uning shahar va tuman boʻlimlari boshliqlarining bevosita xotin-qizlar masalalari bilan shugʻullanuvchi oʻrinbosarlari zimmasiga katta masʼuliyat yuklaydi.

Eʼtiborli jihati, endilikda ular viloyat hamda shahar va tumanlar hokimlarining xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchisi ham hisoblanadi.
Viloyat musiqali drama teatri oldida tashkil etilgan tantanali tadbirda yangi xizmat mashinalari oʻz egalariga topshirildi.

Tadbirda viloyat hokimi Z.Mirzayev qatnashdi.