Mashaqqatli va fidokorona mehnat mahsuli
FOTOREPORTAJ
Qarshi shahrida Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan fayzli dasturxon yozilib, tantanali musiqiy bayram tadbiri tashkil etildi. Unda o‘zlarining mashaqqatli va fidokorona mehnatlari bilan viloyat ahlining farovon hayoti yo‘lida xizmat qilayotgan agrar soha vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda Qashqadaryo viloyat hokimi Murotjon Azimov barchani bayram bilan qutlab, voha mirishkor-dehqonlari sinovli kelgan joriy yilda ham 1 million tonnadan ortiq g‘alla, 437 ming tonna paxta, 403 ming tonna sabzavot, 159 ming tonna poliz mahsulotlari, 149 ming tonna kartoshka, 44 ming tonna meva, 78 ming tonna uzum yetishtirgani va 2296 tonna pilla xomashyosini yig‘ishtirib olganini ta’kidladi.
[gallery-9935]
Urg‘u berilganidek, chindan ham qishloq xo‘jaligida bozor mexanizmlariga asoslangan, boshqaruvning mutlaqo zamonaviy shakli bo‘lgan klaster tizimi joriy etilgani amalda o‘zini oqlamoqda. Yildan-yil natijadorligini namoyon etayotgan klaster tizimi nafaqat paxtachilik, balki g‘allachilik, meva-sabzavotchilik, parrandachilik, chorvachilik, baliqchilik va pillachilikda qo‘llanilishi qut-baraka omili bo‘lmoqda.
Ma’lumot uchun. Ayni paytda Qashqadaryo viloyatida 77 ta agroklaster, xususan 18 ta paxta-to‘qimachilik, 28 ta g‘allachilik va 31 ta meva-sabzavotchilik va boshqa yo‘nalishlardagi klasterlar faoliyati samarali yo‘lga qo‘yilgan.
Jamshid NORQOBILOV (surat), O‘zA