Mashaqqatli mehnatning barakali hosili
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumani g‘allakorlari 6 ming 100 gektar maydonda mo‘l hosil yetishtirdi. G‘allani nest-nobud qilmay yig‘ib-terib olish va bo‘shagan maydonlarni shudgorlash ishlari jadal olib borilmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumani g‘allakorlari 6 ming 100 gektar maydonda mo‘l hosil yetishtirdi. G‘allani nest-nobud qilmay yig‘ib-terib olish va bo‘shagan maydonlarni shudgorlash ishlari jadal olib borilmoqda.– Joriy yilda shartnomaviy rejani 125 foizga bajarib, 150 tonnalik xirmon ko‘tardik, – deydi “Madraimov Bozorboy” fermer xo‘jaligi rahbari Arapboy Madraimov. – Ayni paytda 25 gektar maydondagi g‘o‘zani oziqlantirish, qator oralariga ishlov berish, sug‘orish ishlari uyushqoqlik bilan bajarilmoqda. Barcha agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli olib borish yuqori hosil garovidir.