Markaziy Osiyo stadionlari
Markaziy Osiyoda ikkita katta sig'imli stadion qurilyapti
Markaziy Osiyo — uzoq vaqt futbol xaritasida soyada qolgan hudud. Ammo bugun bu yerda ham gigant stadionlar qad ko‘tarmoqda. Bishkekda 51 ming kishiga mo’ljallangan stadion qurilishi kutilayotgan bo’lsa, Toshkentda sig’imi undan biroz ko’proq Toshkent arena qurilish ishlari boshlanib ketgan.
Bugun siz bilan Markaziy Osiyo mamlakatlarining ayni vaqtda eng katta arenalari, eng zamonaviy stadionlar va hali ochilmagan, ammo allaqachon tarix yozishga tayyor mega-loyihalarni ko‘ramiz.
“Bunyodkor” stadioni
34 ming muxlisni sig‘dira oladigan bu arena — shunchaki stadion emas. Bu yerda orzular jonlangan. Bu maydonda O‘zbekiston milliy futbol terma jamoasi tarixiy o‘yinlar o‘tkazgan, minglab muxlislar g‘alaba va mag‘lubiyatni birga his qilgan. Bu stadion futbolimizda yangi davrning boshlanishi desak bo’ladi.
“Bunyodkor” stadionini barpo etish 2008-yilda boshlangan bo’lib, sobiq MHSK stadioni o’rnida qad rostlagan. Qurilish ishlari 2008-2012 yillar oralig’ida davom etib, nihoyat 2012-yilning avgust oyida tamomlangan. Qurilish jarayonida bir necha xorijiy kompaniyalar ishtirok etishdi. Shuningdek, stadionning jihozlanishida ham eng malakali va jahonga mashhur kompaniyalarning sifatli mahsulotlaridan foydalanilgan. 2012-yilning 28-avgust sanasida “Bunyodkor” stadionining tantanali ochilishi marosimi o’tkazilgan.
“Bunyodkor” stadionidagi ilk rasmiy uchrashuv esa 2013-yilning 26 mart kuni O’zbekiston va Livan milliy terma jamoalari o’rtasida o’tkazilinib, unda yurtdoshlarimiz 1:0 hisobida g’alaba qozonishgan. “Bunyodkor” stadioni majmuasi jami 56 gektardan iborat. Kompleksda asosiy stadiondan tashqari, yana 7ta mashg’ulot maydoni, futbol maktabi binosi, basseyn va boshqa inshoatlar mavjud. “Bunyodkor” stadioni eng zamonaviy standartlar asosida barpo etilgan. Stadion dunyo futbolining eng nufuzli tashkiloti – FIFA talablariga to’liq javob beradi.

“Ashxobod Arena”
Endi Turkmanistondagi “Ashxobod arena” tomon yo’l olamiz. Mamlakat poytaxtida joylashgan ushbu arena 45 ming muxlisni o’z bag’riga sig’dira oladi. 2018-yilda ochilgan bu arena futbol uchrashuvlari va ommaviy sport tadbirlariga ixtisoslashgan. Stadion Turkmanistonning milliy ramzlaridan biri sanalgan ot shaklida loyihalashtirilgan. Tashqi ko’rinishi futuristik bo’lib, yoritilish tizimi bilan alohida ajralib turadi. Stadion turk kompaniyasi sanalgan Polimeks tomonidan qurilgan. Arenaning tom qismi yopiq bo’lib, ichkarisida Vip zonalar, media markazlar va zamonaviy trening maydonlari bor. Mazkur Arena markaziy Osiyodagi eng yaxshi stadionlar qatorida tez-tez tilga olinadi.

“Astana Arena”
Ushbu majmua — Qozog‘istonning eng zamonaviy va texnologik jihatdan ilg‘or stadionlaridan biri bo‘lib, Markaziy Osiyodagi yopiladigan tomga ega kam sonli arenalardan hisoblanadi. Nomidan ham ko’rinib turibdiki, mazkur arena Qozog’iston poytaxtida joylashgan bo’lib, 2009-yilda foydalanishga topshirilgan. Sig’imi esa 30 ming muxlisga mo’ljallangan. Stadion loyihasi mashhur britaniyalik arxitektor Norman Foster tomonidan ishlab chiqilgan. Arenaning eng asosiy xususiyati to’liq yopiladigan tom. Dizayni futuristik va aerodinamik shaklga ega. Ko’pchilik bu arenani Markaziy Osiyodagi eng zamonaviy stadionlardan biri deb hisoblaydi. Menimcha ham shunday.
Endi ro’yxatimizdagi eng qadimiy stadionga to’xtalamiz. Tojikistonning Dushanbe shahrida joylashgan Dushanbe Markaziy stadioni 20 ming muxlis uchun mo’ljallangan bo’lib, 1939-yilda ochilgan. Sovet davrida qurilgan bu arena yillar davomida bir necha bor rekonstruksiya qilingan. Ayniqsa, 2000-yillarda anchagina yangilanish ishlari olib borilgan. Stadion zamonaviy talablarga moslashtirilganiga qaramay, to’liq zamonaviy holatda emas. Ushbu arena Tojikiston milliy terma jamoasi va “Istiqlol” futbol klubi o’yinlariga mezbonlik qiladi.

Dushanbe “Markaziy stadioni”
Endi ro’yxatimizdagi eng qadimiy stadionga to’xtalamiz. Tojikistonning Dushanbe shahrida joylashgan Dushanbe Markaziy stadioni 20 ming muxlis uchun mo’ljallangan bo’lib, 1939-yilda ochilgan. Sovet davrida qurilgan bu arena yillar davomida bir necha bor rekonstruksiya qilingan. Ayniqsa, 2000-yillarda anchagina yangilanish ishlari olib borilgan. Stadion zamonaviy talablarga moslashtirilganiga qaramay, to’liq zamonaviy holatda emas. Ushbu arena Tojikiston milliy terma jamoasi va “Istiqlol” futbol klubi o’yinlariga mezbonlik qiladi.

Navbat kelajak loyihalariga. Qirg‘izistonda qurilayotgan ulkan loyiha — “Bishkek Arena”
51 ming tomoshabinni o’z bag’riga sig’dirishi kutilayotgan majmua mintaqamiz uchun rekord bo‘lishi mumkin edi, ammo rekord baribir o’zimizda qoladigan bo’ldi. Bu haqda sal keyinroq. Mazkur arenaning qurilishi 2024-yilda boshlangan va 2026-yilning 31-avgustida foydalanishga topshirilishi kutilyapti. Qiymati 60$ yevrolik stadionning balandligi 70 metr, shakli esa milliy an’anaga mos tarzda o’tov shaklida ko’rinishida bo’ladi. Stadion sig’imi dastlab 45 mingga mo’ljallangandi, keyin esa 51 mingga oshirildi. Shu sabab ayni vaqtda quruvchilar 24/7 rejimida ish olib boryapti. Maydon chimi gibrid bo’ladi, maydon atrofida atletlar uchun yugurish yo’laklari yo’q. Ya’ni arena to’liq futbol uchun ixtisoslashgan.

“Toshkent Arena”
O’zimizda, aniqrog’i Yangi Toshkentda qiymati $100 mlnlik futbol stadioni qurilishi boshlandi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o’tgan yilning 11-noyabr kuni Yangi Toshkentdagi zamonaviy futbol stadioni qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida ishtirok etgandi. Arena qurilishidan birinchi maqsad 2027-yilda bo’lib o’tadigan U-20 Jahon Chempionatiga mezbonlik qilish. Bilasiz, FIFA talablariga ko’ra, final bahsini qabul qilish uchun stadionlar eng kamida 50 ming muxlisni o’z bag’riga sig’dirishi kerak. Toshkent Arena esa 55 ming muxlisga mo’ljallangan. Ayni vaqtda arenaga poydevor qurish ishlari 95 foizga bajarilgan. Qurilish maydoniga metall-konstruksiya bosqichma-bosqich olib kelinyapti. Yangi Toshkentning 55 ming tomoshabinga mo‘ljallangan stadioni olti qavatdan iborat bo‘ladi. Unda nafaqat sportchilar, balki tashrif buyuruvchilar hamda OAV vakillari uchun ham zarur sharoitlar yaratilmoqda. Tomoshabinlarning qulay va tez kirib-chiqishi uchun 10 tadan ortiq eskalator o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan. Tutash hududda yana uchta mashg‘ulot maydoni joylashadi. Stadion yaqinida metro bekati quriladi va 5500 o‘rinli avtoturargoh tashkil etiladi.
