«Markaziy eksport» shtabi o‘z faoliyatini boshladi
Xabaringiz bor, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida joriy yilning 18 yanvar kuni kengaytirilgan tarzda investitsiya, eksport va sanoat sohalaridagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligiga 2024 yilda meva-sabzavot mahsulotlari eksporti bilan shug‘ullanish vazifasi yuklatilgan edi.
Belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida agentlik tizimida «Markaziy eksport shtabi» tashkil etildi.


Shtabga 21 nafar mutaxassis biriktirilgan bo‘lib, 14 ta hududda «Eksport shtab»lari o‘z ishini boshlagan. Jumladan, Toshkent shahar o‘simliklar karantin va himoyasi boshqarmasida ham eksport shtabi uz faoliyatini olib bormoqda. Mazkur shtablarning asosiy vazifalaridan biri, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti bilan bog‘liq samarali ish tashkil qilish, eksportchi korxonalarga maksimal darajada ma’lumotlar va muammoli masalalar yechimida amaliy ko‘mak berish, respublikamizning eksport salohiyatini namoyish etish hamda jahon bozoriga chiqarilgan mahsulotlar hajmini yanada oshirishdir.
Sh.Mamaturopova, O‘zA