Mard o‘g‘lonlar musobaqasi
Navoiyda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Shunqorlar” harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Navoiyda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Shunqorlar” harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Navoiy viloyati kengashi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, mudofaa ishlari, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport ishlari boshqarmalari va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimiz Qurolli Kuchlari safini sog‘lom va baquvvat yoshlar bilan to‘ldirish, chaqiriqqacha yoshlarni jismonan va ma’nan tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan izchil ishlarda mazkur musobaqa muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.
Musobaqada shahar va tuman bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 10 jamoa bir necha sport turlari bo‘yicha jismoniy tayyorgarligini namoyish etdi, harbiy sohaga oid bilim va ko‘nikmasini sinovdan o‘tkazdi.
Qiziltepa maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejining “Qalqon” jamoasi birinchi o‘rinni egalladi va musobaqaning mamlakat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
– Musobaqa biz, yoshlarning vatanparvarlik ruhida kamol topishimiz, jismoniy va ijtimoiy-siyosiy bilimlarimizni oshirishga xizmat qilmoqda, – deydi g‘olib jamoa sardori Namoz Rahimov. – Ayniqsa, safda yurish, fuqaro muhofazasi, turli vaziyatlarda tezkor birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish kabi sinov jarayonlari yigitlarni harbiy xizmatga tayyorlash, doim sergak va hushyor bo‘lishga undaydi.