«Manchester Siti» Pedro Netuni kuzatmoqda
25 yoshli futbolchining transfer qiymati 60 million yevroni tashkil etadi.
«Manchester Siti» vinger pozitsiyasini kuchaytirish uchun nomzodlarni o‘rganmoqda. Daily Mail xabariga ko‘ra, «shaharliklar»ning e’tibori «Chelsi» vingeri Pedro Netuga qaratilgan.
Manbaning yozishicha, «Manchester Siti»ning amaldagi bosh murabbiyi Entso Mareska «Chelsi»da ishlagan davrida Pedro Netu bilan yaxshi munosabat o‘rnatgan.
Qayd etilishicha, «Manchester Siti» portugaliyalik futbolchiga u 2024-yil yozida «Vulverhempton»dan «Chelsi»ga o‘tishidan avval ham qiziqish bildirgan.
Shundan buyon Pedro Netu «Chelsi» safida barcha musobaqalarda 103 ta uchrashuv o‘tkazib, 19 ta gol va 19 ta assist qayd etgan.
Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, 25 yoshli futbolchining transfer qiymati 60 million yevroni tashkil etadi.