“Ma’naviyat sektori” faoliyat boshladi
Buxoro viloyatida birinchilardan bo‘lib Kogon tumanida “Ma’naviyat sektori” tashkil etildi.
Ochilish marosimida viloyat maktab va maktabgacha ta’lim boshqarmasi hamda uning tuman va shaharlaridagi bo‘limlari, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining tuman bo‘limi vakillari hamda keng jamoatchilik qatnashdi.
– Ma’naviyat sektori to‘rtta sektorga qo‘shimcha ravishda viloyatning shaharlari, tumanlarida ijtimoiyma’naviy muhitni ta’minlash, yaxlit hududni qamrab oluvchi mahalliy davlat hokimiyatining kollegial organi hamda viloyat va tuman (shahar) Ma’naviyat va ma’rifat kengashlarining ishchi tuzilmasi sifatida tashkil etilmoqda, – deydi tuman ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi rahbari Madina Mubinova. – Ushbu tuzilma o‘quvchi-yoshlarda Vatanga sadoqat, mehr-oqibat, mas’uliyat, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevar kabi xislatlarni shakllantirishni maqsad qilgan.
[gallery-19371]
Tadbir ishtirokchilariga oila, ta’lim tashkilotlari va mahallalarda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlash, shu asosda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan doimiy monitoring tizimini yuritish, muvofiqlashtirib borish borasida batafsil ma’lumotlar berildi.
Davlatimiz rahbari 2023 yil 16-17 noyabrda Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida viloyatni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish dasturi doirasida Ma’naviyat va ma’rifat sohasiga alohida urg‘u berib, joriy yilning birinchi choragida mavjud 4 ta sektorga ko‘makchi beshinchi – “Ma’naviyat sektori”ni tashkil etish tashabbusini ilgari surgan edi. Shu maqsadda, Respublikamizda faoliyati yo‘lga qo‘yilgan to‘rtta sektor xalqimizning turli ijtimoiy-iqtisodiy muammolari va ehtiyojlarini ijobiy hal qilib kelayotgan bo‘lsa, endilikda insonlarni ma’naviy-axloqiy sohadagi qarashlari ham e’tiborda bo‘lishi nazarda tutiladi.
Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari.