Mana ruxsatnoma ham tayyor..
Navoiydan chet ellik investorlarning keti uzilmay qoldi.
Navoiydan chet ellik investorlarning keti uzilmay qoldi. Navoiy shahar davlat xizmatlari markazida kun ora xorijlik hamkorlarning u yoki bu korxona ochayotganiga guvoh bo‘lasiz. Shu kungacha juda ko‘p sohalarda qo‘shma korxonalar barpo etildi. Amerika, Germaniya, Gollandiya, Shvesariya, Koreya, Xitoy, Hindiston, Turkiya, Eron singari davlatlar qurilish, sanoat, ta’lim, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi va bir qator yo‘nalishlarda sarmoyalar kiritib, hamkorlikni boshlab yuborganlar.
Jumladan, amerika fuqarosi Tomas Isen Isah yurtimizdan donli va dukkakli ekinlar, sholi, poliz, sabzavotlarni havo yuk transporti orqali xorij davlatlariga eksport qilishni niyat qildi. U o‘zbekistonlik xamkorlari bilan "OVERSEAS FOURWAYS ENTERPRISES" ma’suliyati cheklangan jamiyatga asos solib, uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Navoiy shahar davlat xizmatlari markazida xorijlik investorlarga yaratilgan qulayliklardan foydalangan hamkorlar 30 daqiqa ichida o‘z faoliyat turlarini rasmiylashtirdilar.
Endilikda Navoiyda yetishtirilgan bug‘doy, sholi, poliz va sabzavotlarimiz dunyo bozoridagi talabgor mamlakatlar uchun aynan havo yuk transporti orqali yetkaziladi. Mana ruxsatnoma ham tayyor. Ikki tomon ishbilarmonlari qo‘l ushlashib, bir-birini yangi qo‘shma korxona ochilgani bilan qutlashdi.
Biznes shunday yumushki, unda fakat moliyaviy tilda gaplashiladi. 400 million so‘mlik mablag‘ bilan ish boshlagan "OVERSEAS FOURWAYS ENTERPRISES" ma’suliyati cheklangan jamiyatning istiqboli nurli bo‘lsin.
Anvar Safarov,
Navoiy shahar DXM direktori