Maktablarda oʻquv soatlari kamaytiriladi
Shu sababli, 1-4-sinflarda “Jismoniy tarbiya” fanining haftalik oʻquv yuklamasi 1 soatdan belgilandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya shifokori tomonidan 2018-yil 27-aprelda tasdiqlangan Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarida 1-4-sinf oʻquvchilarining haftalik oʻquv soati jami 88 soat belgilangan. Amalda bu soat 98,5 soatni tashkil etib, belgilangan meʼyordan 10,5 soat oshib ketgan. Shu sababli, boshlangʻich sinflarning oʻquv soatlari Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqlashtirildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan tasdiqlangan 2019-yil 30-sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 5 tashabbusini amalga oshirish toʻgʻrisida”gi majlis bayoni ijrosini taʼminlash maqsadida umumiy oʻrta taʼlim maktablarida doimiy tarzda ommaviy sport turlari musobaqalarini oʻtkazish orqali oʻquvchilarning jismoniy sogʻlom boʻlishlari, ular oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish ishlari yoʻlga qoʻyilgan.
Shu sababli, 1-4-sinflarda “Jismoniy tarbiya” fanining haftalik oʻquv yuklamasi 1 soatdan belgilandi.
Endilikda “Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik” fani oʻqituvchisi “Jismoniy tarbiya” fani oʻqituvchisi bilan hamkorlikda oʻquvchilar oʻrtasida turli sport musobaqalarini oʻtkazadi.
Shu sababli, 10-11-sinflarda “Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik” fanining haftalik oʻquv yuklamasi 1 soatdan belgilandi.
Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan umumiy oʻrta taʼlim maktablari uchun 2020-2021 oʻquv yiliga moʻljallangan tayanch oʻquv rejasida bu qayd etildi.