Maktab o‘quvchilari uchun sayohat
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Vatanparvarlik oyligi” hududlarda davom etmoqda.
Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari uchun "Harbiy qismda bir kunim" shiori ostida sayohat uyushtirildi. O‘quvchilar dastlab Sirdaryo viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari bilan birgalikda "Yo‘l harakati xavfsizligi maydoni" da bo‘ldi.


Boshqarma xodimlari o‘quvchilarni yo‘l harakati qoidalari bilan tanishtirdi. Shundan so‘ng, o‘quvchilar safarbarlik chaqiruvi xizmatchilari faoliyati bilan tanishdi. Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida joylashgan 532-safarbarlik chaqiruvi rezervi batalonida o‘quvchilar harbiy mashg‘ulot, jamoaviy sport o‘yinlari o‘tkazish joylari va kompleks mashq qilish maydonlarini ko‘rdi. Dala mashg‘ulotlari va o‘quv binosining zamonaviy ko‘rinishi, sayohat davomida harbiy xizmatchilar tashkil etgan ma’rifiy tadbir, ko‘rgazmali chiqishlar, Prezident maktabi o‘quvchilarida katta taassurot qoldirdi.
Sh.Suyarov, O‘zA