Makarov Danil Vasilevichning fizika-matematika fanlari falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
"Kasr tartibli hosila hisobining iqtisodiy sikllar va inqirozlarni matematik modellashtirishda qo‘llanilishi" mavzusida
Makarov Danil Vasilevichning 05.01.07 - "Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui" ixtisosligi bo‘yicha "Kasr tartibli hosila hisobining iqtisodiy sikllar va inqirozlarni matematik modellashtirishda qo‘llanilishi" mavzusidagi fizika-matematika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.FM.01.02 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 23 sentyabr kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100174, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 4 - uy. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
Tel.: (990371)2460224
e-mail:rector@nuu.uz