Mahsulotni xaridorga sifatli yetkazish oson ish emas (video)
Farg‘ona viloyatining Oltiariq va unga tutash hududlarida katta tajribaga ega, omilkor mirishkorlar juda ko‘p. Ayni kunlarda ular tomonidan yetishtirilgan rediska sabzavoti dalalardan jadal yig‘ishtirib olinmoqda. Galdagi vazifa bu mahsulotni sifatli saqlash va eksportga yo‘naltirishdan iborat.
Buni amalga oshirishda Oltiariq tumanida tashkil etilgan "Sherakhun" xususiy qadoqlash korxonasi muhim o‘rin tutmoqda.
Avvallari rediska ichki bozor uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, hozirda u xalqaro standartlarga muvofiq qadoqlanib, xorijiy davlatlarga eksport qilinmoqda. Qadoqlash jarayonida 35 nafardan ziyod ishchi-xodim mehnat qilyapti.
[gallery-23158]
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/OMQvjMZlSvg" title="Mahsulotni xaridorga sifatli yetkazish oson ish emas" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muqimjon QODIROV (surat va video), O‘zA