Mahsulot turi va hajmi ortmoqda
Andijon viloyatining Asaka tumanidagi “Maxsus butlovchi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan “Lasetti”, “Nexia” va “Matiz” avtomobillari uchun yigirma turdagi butlovchi qismlar tayyorlanmoqda.
Andijon viloyatining Asaka tumanidagi “Maxsus butlovchi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan “Lasetti”, “Nexia” va “Matiz” avtomobillari uchun yigirma turdagi butlovchi qismlar tayyorlanmoqda.Korxonada joriy yilning to‘qqiz oyida qariyb 800 million so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Mahsulotlar sifati xalqaro andoza va talablarga to‘la javob beradi.
– Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi “Maxsus butlovchi” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Arabboy Karimov. – Mahalliylashtirish dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar tufayli bir nechta zamonaviy kompressor va presslash dastgohi keltirib o‘rnatildi, yangi texnika vositalari xarid qilindi. Bu, o‘z navbatida, ishlab chiqarish quvvatini, mahsulot sifati va ish unumdorligini oshirish imkonini berdi. Korxonada mehnat qilayotgan 35 ishchining aksariyati yoshlardir. Ularning samarali ishlashi uchun barcha sharoit yaratilgan.
Yangi yildan bu yerda yana bir necha turdagi yangi butlovchi qismlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Mahsulot turini ko‘paytirish hisobidan korxonada ishlab chiqarish hajmi yanada ortadi, eng muhimi, yangi ish o‘rinlari yaratiladi.