Mahallalarda sport maydonchalari qurilmoqda
"Besh tashabbus olimpiadasi" ning birinchi mavsum yakuniga ko‘ra, Farg‘ona viloyati sportchilari tomonidan respublika final bosqichida 24 ta jamoa g‘olib bo‘ldi.
Ularning 5 tasi faxrli 1-, 10 tasi 2- hamda 9 tasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. bugungi kunga qadar Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan 24 ta – 1-o‘rin uchun 5 ta universal, 2-o‘rin uchun 10 ta stritbol va 3-o‘rin uchun 9 ta vorkaut maydonchalari qurilishi uchun g‘olib bo‘lgan mahalla yoshlariga sertifikatlar taqdim etilgan.
Ayni paytda ushbu sertifikatlar asosida barcha shahar va tumanlarda sport maydonchalari qurilishi uchun yer maydonlari ajratib berildi. Hozirda tegishli mahallalarga kerakli jihozlar yetkazilib, qurilish ishlari davom etmoqda.
Farg‘ona viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Nodirbek Hakimovning ma’lum qilishicha, mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishga qaratilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining respublika bosqichi g‘olib va sovrindorlari, hududida sport infratuzilmasi mavjud bo‘lmagan mahalla terma jamoalari uchun stritbol, vorkaut va universal sport maydonchalarini qurib berish ko‘zda tutilgan.
M.Sulaymonov, O‘zA