Mahallalar – islohotlar jarayonida
FOTOREPORTAJ
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” doirasida uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir «Tasviriy oyina» ijodiy uyushmasi tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi hamkorligida o‘tkazildi. Unda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish masalalariga e’tibor qaratildi.
Tadbirda Nukus shahri mahallalari raislari, faol nuroniylar va ko‘chaboshilar ishtirok etdi. Shuningdek, mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan mavzu yuzasidan ma’ruzalar qilindi.
[gallery-28748]
Ta’kidlanganidek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida mahalla institutini mustahkamlash, aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda. Jumladan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 8-oktabrdagi “Alohida tuman (shahar) va mahallalarni aholining yashashi va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun namunali hududga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasining 16 ta tumanidan “Yangi O‘zbekiston qiyofasi”ga kiradigan 32 ta mahalla tanlab olindi. Ushbu mahallalarning infrastrukturasini yaxshilash uchun respublika byudjetidan 5 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.
Shu bilan birga, kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan 90 ta mahallada aholi bandligini ta’minlash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Tadbir davomida islohotlar va yangilanishlarni aks ettiruvchi ijtimoiy videoroliklar namoyish etildi.
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA