Mahalla yoshlari “Zakovat”da bellashdi
Buxoro viloyati Kogon shahar 4-sektor tashabbusi va ushbu sektordagi mahallalarga tayinlangan yoshlar yetakchilari bilan hududdagi 5-sonli ixtisoslashgan Davlat umumta’lim maktabida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish maqsadida mahallalar o‘rtasida zakovat o‘yinlarini o‘tkazish ham an’anaga aylanib bormoqda.

Bu “Maxtumquli”, “Xo‘jabargi”, “Navzirabod” va “Zirabod” mahalla fuqarolari yig‘inidagi yoshlar ishtirokida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida ham namoyon bo‘ldi.

Bellashuvda 1-o‘rin “Maxtumquli”, 2-o‘rin “Navzirabod” jamoasi yoshlariga nasib etgan bo‘lsa, 3-o‘rinni “Zirabod” jamoasi yoshlari qo‘lga kiritdi.

O‘yin yakunida jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Zarif Komilov, O‘zA